Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi Ichan-qal’a hududida «Qovun sayli» festivali bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 12-13 avgust kunlari Xiva shahri Ichan-qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida «Qovun sayli» festivali tashkil etilmoqda.
Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirdan maqsad Xorazmning agroturizm salohiyati namoyishi, vohaning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdir.
Qovunlarning «Gurvak», «Qilichboy beshak», «Qari qiz», «Tuya qovun», «To‘yona», «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti», «Ko‘k gulobi», «Bo‘rikalla» kabi bir-biridan shirin o‘nlab mahalliy navlari namoyish qilinadi.
Bundan tashqari, turli meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.
Festival doirasida, konsert dasturlari, tasviriy san’at asarlari namoyishi, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, dorbozlar o‘yini, xon va ayonlari chiqishi, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari, milliy taomlar, Xorazm nonini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:00 / 13.06.2026
Toshkentda nitrat miqdori yuqori bo‘lgan qovunlar aniqlandi
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026