Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:41 / 06.07.2023
6612
1 daqiqa o‘qiladi
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 5968 ta holat aniqlandi
2390 ta holatda 642,6 gektar maydondagi qonunbuzilishlar ixtiyoriy bartaraf etilgan.
Foto: Shutterstock
O‘tgan 6 oyda respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 5968 ta (2 236,3 gektar) holat aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi ma’lumot berdi:
Aniqlangan holatlar:
- qishloq xo‘jaligi yerlarida – 1 961 gektar;
- aholi punktlari yerlarida – 144 gektar;
- sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda – 14,2 gektar;
- tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlarda – 1,3 gektar;
- tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlarda – 3,7 gektar;
- o‘rmon fondi yerlarida – 23,2 gektar;
- suv fondi yerlarida 9,9 gektar va zaxira yerlarda 79,0 gektarni tashkil etadi.
Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 2390 ta holatda 642,6 gektar maydondagi qonunbuzilishlarning ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
13:39 / 30.01.2026