Ötgan 6 oyda respublika böyiça yer uçastkasini özboşimçalik bilan egallaş böyiça 5968 ta (2 236,3 gektar) holat aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi ma’lumot berdi:
Aniqlangan holatlar:
- qişloq xöjaligi yerlarida – 1 961 gektar;
- aholi punktlari yerlarida – 144 gektar;
- sanoat, transport, aloqa mudofaa va boşqa maqsadlarga möljallangan yerlarda – 14,2 gektar;
- tabiatni muhofaza qilişga möljallangan yerlarda – 1,3 gektar;
- tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlarda – 3,7 gektar;
- örmon fondi yerlarida – 23,2 gektar;
- suv fondi yerlarida 9,9 gektar va zaxira yerlarda 79,0 gektarni taşkil etadi.
Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma körsatmalar asosida 2390 ta holatda 642,6 gektar maydondagi qonunbuzilişlarning ixtiyoriy bartaraf etilişi ta’minlangan.













