Jahon | 21:18 / 08.07.2023
18930
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden Putin bilan uchrashgan Xitoy rahbarini ogohlantirganini aytib berdi

AQSh prezidenti unga Xitoy iqtisodiyoti G‘arb sarmoyalariga bog‘liq ekanini eslatgan.

Foto: REUTERS/Kevin Lamarque

2023 yil mart oyida Xitoy rahbari Si Jinping Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Shundan so‘ng, AQSh prezidenti Jo Bayden uni «ehtiyot bo‘lishga» chaqirgan. Bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri 600 ta AQSh kompaniyasi Rossiyani tark etdi. Iqtisodiyotingiz Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlari sarmoyalariga bog‘liqligini aytgansiz. Demak, ehtiyot bo‘ling. Ehtiyot bo‘ling, bu tahdid emas. Bu shunchaki kuzatuv», degan AQSh prezidenti Xitoy raisiga.

Si bunga qanday javob bergani haqidagi savolga Bayden shunday dedi: «U tingladi va bahslashmadi. Va agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, u Rossiya to‘g‘risida gapirmadi».

Xitoy rahbari Si Jinping AQSh prezidenti Jo Bayden bilan bo‘lgan ushbu suhbat mazmuni haqida hozircha ma’lumot bermagan.

Mart oyida Putin va Si ikki kunlik muzokara o‘tkazdi. Unda Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik haqida iliq so‘zlar aytildi, G‘arb birgalikda tanqid qilindi. Biroq Ukraina bo‘yicha diplomatik natijalar bo‘lmadi.

AQSh va Xitoy munosabatlari so‘nggi paytlarda keskinlashdi. Tomonlar milliy xavfsizlik masalalari, jumladan Tayvan, Rossiyaning Ukrainadagi urushi, AQSh ilg‘or texnologiyalarini eksport qilish taqiqining kuchayishi va Xitoyning davlat tomonidan boshqariladigan sanoat siyosati bo‘yicha ziddiyatga ega.

Mavzuga oid