Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistonda parrandachilik klasterini tashkil etish loyihasini boshladi
Joriy yilning 6 iyul kuni qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Vengriyaning Bonafarm Group kompaniyasi bosh direktori Attila Chani o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot avvalida vengriyalik hamkorlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi bugungi yig‘im-terim ishlariga qiziqishini bildirdi. Shundan so‘ng kompaniya vazirlikka mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritish shartlari, qiymati va ular ko‘rsatilgan yozma taklifni yaqin kunlarda kiritish niyatida ekanini bildirdi.
Muloqot chog‘ida, avgust oyi oxiriga qadar loyiha doirasida ishchi guruh shakllantirilib, har ikki tomondan aniq vakillar biriktirilishi kerakligi ham ta’kidlandi.
Bonafarm Group kompaniyasi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vengriyadagi chorvachilik, sut, parrandachilik sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik agro-oziq-ovqat guruhidir.
Ushbu yirik kompaniyaning aylanmasi 1,9 milliard dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda kompaniyada 8400 dan ortiq xodim va mutaxassislar mehnat qilmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026