NATO Ukrainaning alyansga kirish jarayonini soddalashtirishga rozi bo‘ldi
Tashkilot rahbari Yyens Stoltenberg so‘zlariga ko‘ra, tashkilot a’zolari bu masalada yakdil fikrga kelsa, Ukraina a’zolikka taklif etiladi.
NATO Ukrainaning alyansga kirish jarayonini soddalashtirishga rozi bo‘ldi, dedi bosh kotib Yyens Stoltenberg matbuot anjumani chog‘ida.
«Biz Ukraina NATO a’zosi bo‘lishini yana bir bor ta’kidladik va alyansga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasiga qo‘yiladigan talablarni bekor qilishga kelishib oldik. Bu Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lish yo‘lini o‘zgartiradi, ikki bosqichli jarayon o‘rniga bir bosqichli jarayon bo‘ladi», dedi Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot a’zolari yakdil fikrga kelganda va ma’lum shartlar bajarilganda, NATO Ukrainaga alyansga qo‘shilish taklifini yuboradi.
Stoltenbergning ta’kidlashicha, Rossiya tomonidan boshlangan urush davom etar ekan, «Ukrainani NATOga to‘liq a’zo sifatida taklif qilishning mavridi emas». Shuningdek u Ukraina korrupsiya muammosini hal qilishi kerakligini ham ta’kidladi.
Shu bilan birga, Stoltenberg NATO birinchi marta alyansga kirish shartlari soddalashtirilayotganini ta’kidladi.
Ukraina 2022 yil sentabrida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan edi. Stoltenbergning ta’kidlashicha, Kiyev uchun «NATO eshiklari doim ochiq», ammo Ukrainaning ittifoqqa qo‘shilishi masalasi uning «g‘alabasi»dan keyingina muhokama qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024