22 yillik rahbardan 1 yillik hokimgacha – prezident kimlarni ishdan oldi?
Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ko‘plab amaldorlar lavozimlaridan oldi. Yana bir nechtasi intizomiy jazoga tortildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda investitsiya muhiti qoniqarsiz bo‘lgan o‘nta tuman va 2 ta shahar hokimlarini lavozimdan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bular Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yo‘ldoshev, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Elyorbek Nabijonov, Buxoro tumani hokimi Xayrullo Jo‘rayev, Mirishkor tumani hokimi Sherali Sanayev, Chiroqchi tumani hokimi Nodir Erkayev, Xatirchi tumani hokimi Sayfiddin Nizomov, Payariq tumani hokimi Zafar Ergashev, Oqoltin tumani hokimi Dilmurod Fozilov, Guliston tumani hokimi Saydimqul Begimqulov, Oqqo‘rg‘on tumani hokimi Alisher Karimjonov, Navoiy shahri hokimi Muratxan Egamqulov va Yangiyo‘l shahri hokimi Farhod Mirzayev.
Endi ularning faoliyatini Bosh prokuratura va Hisob palatasi o‘rganadi.
Bu tozalashlar hukumat tarkibidagi amaldorlarni ham chetlab o‘tmadi. Investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun:
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Kamalov;
Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov;
“Suvta’minot” rahbari Sohib Saifnazarov;
“Temiryo‘l” rahbari Husniddin Hosilovlarni ham ishdan oldi.
Ishdan olinganlar qatorida “Avtoyo‘l” qo‘mitasi raisi, 22 yildan buyon O‘zbekiston yo‘l xo‘jaligiga rahbarlik qilib kelayotgan Abdurahmon Abduvaliyev ham bor.
Ishdan olingan hokimlar orasida esa eng kam muddat lavozimda bo‘lgani Navoiy shahri hokimi Muratxan Egamqulov bo‘ldi. U 2022 yilning may oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.
Bundan tashqari “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Jo‘rayev, “O‘zsanoatqurilishbank” raisi S.Annaklichevga hayfsan qo‘llandi.
Mavzuga oid
22:12
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24