Ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatçisi öz xizmat xonasida ayol kişini quçoqlab ötirgani aks etgan surat tarqaldi. Uning bu harakati selektor yiğilişida kameraga tuşib qolgan.
Holat yuzasidan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
“Vazirlik öz tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilişiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, deyiladi munosabatda.
Vazir matbuot kotibi rasmiy munosabatda xodimlar şaxsini oçiqlamagan.
Kun.uz’ning aniqlik kiritişiça, selektor vaqtida “qölga tuşgan” bu amaldor Kattaqörğon şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği Abdurahmon Alimov böladi. U uşbu lavozimiga tayinlanişidan oldin şahardagi Oqoltin mahallasida hokim yordamçisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Boşliqning quçoğida ötirgan ayol kim ekani va qanday lavozimda işlaganiga aniqlik kiritilmagan.
Bu tizim xodimlarining axloqsizligi bilan boğliq ilk holat emas. Avvalroq Andijon şahri Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği hamda uning örinbosari öz xonasida giyohvand modda iste’mol qilgani uçun işdan olingandi.











