Özbekiston Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev işdan olindi. Bu haqda prezident raisligidagi videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.
Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, uning işdan olinişi «investitsiyalarni jalb qiliş va ularni özlaştirişda sustkaşlikka yöl qöygani» oqibatida röy berdi.
«Bundan tört yil avval «Toşkent-Samarqand», «Toşkent-Andijon» pullik yöllari va Taxtaqoraça dovonida pullik tonnel quriş topşiriqlari berilgan. Lekin na loyiha qiliş, na investor jalb qiliş böyiça haligaça amaliy işlar boşlanmagan», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, Abdurahmon Abdulhayeviç Abduvaliyev 1956 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1978 yilda Toşkent avtomobil transporti va yöllari institutini tamomlagan.
Abdurahmon Abduvaliyev uzoq yillardan buyon uzluksiz ravişda Özbekistonning boş yölsozi bölib kelayotgandi.
U sohadagi faoliyatini 1978 yilda quriliş va avtomobil yöllaridan foydalaniş ministrligi 2-sonli Yöl quriliş boşqarmasida ustaçilikdan boşlagan va boşqarma boşliği darajasigaça kötarilgan.
1991-1994 yillarda Özbekiston avtomobil transporti ministrligi «Özneftetrans» respublika boşqarmasi boşliği, 1994-2001 yillarda «Özavtotrans» davlat aksionerlik koorporatsiyasi «Özavtotransta’minot» işlab çiqariş konserni boşqaruvi raisi, 2001 yilda «Öztranssanoat» Respublika avtotransport sanoat korxonalari uyuşmasi boşqaruvi raisi bölgan.
2001 yildan Özbekiston yöl sohasiga rahbarlik qilib kelgan - 2001-2013 yillarda Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boşliği, 2013-2017 yillarda «Özavtoyöl» DAK boşqaruvi raisi, 2017-2019 yillarda Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisi, 2019 yildan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisi.












