Jahon | 11:59 / 12.07.2023
7415
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya kansleri Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari haqida e’lon qildi

Olaf Shols G7 davlatlarining urush tugaganidan keyin Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish masalasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyasi haqida e’lon qildi.

Foto: Shutterstock

Germaniya kansleri Olaf Shols urush tugaganidan keyin Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish istiqbollari to‘g‘risida e’lon qildi. Germaniya hukumati rahbari 11 iyul, seshanba kuni NATOning ikki kunlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Vilnyusda: «Ukraina uchun tinchlikka erishilgandan keyingi xavfsizlik kafolatlari mavjudligi biz uchun boshidanoq muhim edi», dedi. 

Buning uchun zaruriy kelishuvlar tuziladi, ular «nafaqat biz ko‘mak ko‘rinishida haqiqatda taqdim etayotganimiz bilan, balki tinch vaziyatda talab qilinadigan narsalar bilan ham bog‘liq», deya Shols so‘zlarini keltirgan dpa. Germaniya kansleri G7 davlatlarining qo‘shma deklaratsiyasini e’lon qildi, u «buni ifodalaydi va keyinchalik alohida davlatlar tomonidan aniq mazmun bilan to‘ldiriladi, biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasida buni faol ravishda amalga oshirmoqdamiz». 

Avvalroq Kiyevga Isroilga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish taklifini 12 iyul kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda bu masalani muhokama qilishi kutilayotgan AQSh prezidenti Jo Bayden bildirgan edi. AQSh fikricha, Germaniya va boshqa G7 davlatlari, jumladan, Britaniya va Fransiya ham Ukrainaga shunday va’dalar berishi mumkin.

Shu bilan birga, Ukraina sammit doirasida alyansga qo‘shilish taklifini olmadi – AFP agentligiga ko‘ra, AQSh va Germaniya urishayotgan davlatning NATOga kirishiga qarshi. Shu bilan birga, NATOga a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasidan voz kechish orqali Ukrainaning tashkilotga qo‘shilish jarayonini yanada tezlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilyapti.

Mavzuga oid