Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda «Dunyo sadolari» xalqaro milliy estrada san’ati festivali o‘tkaziladi
Xonobod shahri festivalga mezbonlik qiladi. Unda turli davlatlardan 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.
Andijon viloyati Xonobod shahrida 18–20 iyul kunlari «Dunyo sadolari» xalqaro milliy estrada san’ati festivali o‘tkaziladi.
Unda Chexiya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Serbiya, Gruziya, Boshqirdiston, Qozog‘iston, Gretsiya, Tojikiston va yana bir nechta davlatdan 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.
Qayd etilishicha, festival doirasida 14 iyul kuni Xonobod shahridagi yoshlar markazida estrada yo‘nalishida qatnashish istagida bo‘lganlar uchun tanlov bo‘lib o‘tadi. Tanlovda saralab olingan ishtirokchilar festivalning asosiy qismlarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan kelgan badiiy jamoalar (400 nafar ishtirokchi) 3 kun davomida yig‘ilganlar uchun konsert dasturlarini namoyish etadi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026