Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makronga inson barmog‘i solingan konvert yuborildi - OAV
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tahdidli jo‘natmani oldi. Yelisey saroyi vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Parijdagi rasmiy qarorgohiga noma’lum shaxslar odam barmog‘i solingan xat jo‘natdi. Bu haqda Valeurs Actuelles xabar berdi.
Yelisey saroyining yozishmalar bo‘limi xatni pochta orqali 9-10 iyul kunlari olgan.
Nashrning yozishicha, maktubda insonning kesilgan barmog‘i bo‘lgan. Voqea an’anaviy tarzda 14 iyulda nishonlanadigan Bastiliyani olish kuni milliy bayrami arafasida yuz bergan.
Barmoq muzlatgichga qo‘yilgan. Keyinroq politsiya barmoqning egasi bo‘lgan odamni topgan. Qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmagan.
Yelisey saroyi vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.
AFP politsiyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, barmoq jo‘natma egasiga tegishli va u ruhiy xastalikka chalingan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026