Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda brakoner ekologiya inspektoriga o‘q uzdi
Brakonerlardan 2 dona ov qurollari xolislar ishtirokida olib qo‘yildi.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi.
Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo‘yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakoner tomonidan o‘q uzilishi natijasida qo‘lidan yaralangan. Brakoner voqea joyidan yashiringan.
Bosh prokuratura xabarida aytilishicha, tekshirish davomida ov qilish maqsadida kelgan va ushbu qilmishni sodir etgan shaxslar aniqlangan. Ulardan 2 dona ov qurollari xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan.
Qorovulbozor tumani ekologiya boshlig‘i olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
14:01 / 25.06.2026
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026