Jahon | 09:36 / 17.07.2023
5578
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy Yapon dengizida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

«Sever. Vzaimodeystviye-2023» deb nomlangan mashg‘ulotlarga Rossiya tomonidan ham dengiz, ham havo kuchlari jalb etilgan.

Foto: Reuters

Xitoyning beshta harbiy kemasi 15 iyul kuni ertalab Rossiya bilan «Sever. Vzaimodeystviye-2023» qo‘shma mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Yapon dengiziga yo‘l oldi. Reuters agentligining 16 iyul, yakshanba kuni xabar berishicha, bu manyovrlar Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kengayganini anglatadi va Pekin AQShning ikki davlat o‘rtasida harbiy aloqalarni tiklash haqidagi chaqiriqlarini rad etishda davom etayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.

Xitoyning Global Times internet-nashri yozishicha, Rossiya tomonidan harbiy-dengiz kuchlari ham, havo kuchlari ham mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Xitoy Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar mavzusi «Strategik dengiz yo‘llari xavfsizligini ta’minlash» deb belgilangan. Manyovrlar «ikki davlat qurolli kuchlari muvofiqlashtirish salohiyatini yanada oshirish va ularning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni birgalikda ta’minlash, shuningdek, turli xil xavfsizlik chaqiriqlariga javob berish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan», — deya ta’kidladi Xitoy Mudofaa vazirligi. 

Ayni vaqtda, TASS Rossiya davlat axborot agentligi Xitoyning South China Morning Post gazetasida «Yuan Vang» Pekin harbiy tahlil markazi xodimi Chjou Chenminning mashg‘ulotlar haqidagi sharhiga tayanadi. Unda, xususan, «AQSh Yaponiya va Janubiy Koreyani, shuningdek, uning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa ittifoqdoshlari va hamkorlarini Rossiya va Xitoyni yakkalab qo‘yishga jalb etishga urinayotgani» aytiladi. «Xitoy va Rossiyaning yanada yakkalanishi Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi va Rossiya Qurolli kuchlarini yanada ko‘proq qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazishga undaydi», dedi Chjou. 

Rossiyaning «Gromkiy» va «Sovershennyy» harbiy kemalari Yapon dengizidagi mashg‘ulotlarda qatnashib, Xitoy harbiy-dengiz kuchlari bilan shu oy boshida Shanhayda mashg‘ulotlar, aloqa va dengizda qutqaruv mashqlarini bajarish uchun alohida manyovrlar o‘tkazdi, deb eslatadi Reuters. 

Mavzuga oid