O‘zbekiston | 14:52 / 20.07.2023
53291
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga yanada issiq havo kirib kelishi kutilyapti

Joriy yilning 24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kutilyapti. Bu haqda “O‘zgidromet” bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu sababli havo harorati:

24-25 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida +41...+42 darajagacha;

24-27 iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +42...+44 darajagacha;

25-27 iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +41...+42 darajagacha ko‘tariladi.

24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid