O‘zbekiston | 13:00 / 21.07.2023
11325
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi 

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat +35...+38 daraja, janubda +40...+42 daraja bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida havo quyoshli bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida kun ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz ko‘tariladi. Kunduz kunlari harorat +37...+40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +41...+43 darajagacha bo‘ladi.

Keyingi hafta davomida O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana +1...+2 darajaga ko‘tariladi.

Poytaxtda 21-23 iyul kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun +36...+38 daraja, shanba va yakshanba kunlari +38...+40 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid