Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumati Britaniya diplomatlarining RFda harakatlanishini chekladi
Buyuk Britaniyaning Moskva va Yekaterinburgdagi diplomatik missiyalari oddiy xodimlari safardan besh ish kuni oldin Rossiya hukumatini «120 kilometrlik erkin harakatlanish zonasidan tashqariga» chiqib ketishi haqida xabardor qilishi shart, deya xabar berdi Rossiya TIV.
Xabarnomalarda sayohat vaqti, maqsadi, turi va marshruti, mo‘ljallangan ish aloqalari, hamrohlik qiluvchi shaxslar, transport turi, tashrif joylari va turar joy kabi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Cheklovlar diplomatik vakolatxonalarning yuqori martabali xodimlariga taalluqli emas: elchi, vakil-maslahatchi va Moskvadagi konsullik bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, Yekaterinburgdagi bosh konsulga cheklovlar amal qilmaydi.
Vazirlik Britaniya diplomatik vakolatxonalari xodimlarining harakatlanishi to‘g‘risidagi xabar berish tartibini «Londonning dushmanlik harakatlariga, jumladan, Buyuk Britaniyadagi Rossiya xorijiy vakolatxonalarining normal faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan harakatlariga javob» deb atadi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Britaniyaning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili Tom Doddga «Kiyev rejimining terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aytilgan».
Rossiya vazirligi aynan nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026