Jahon | 10:45 / 21.07.2023
4428
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada maktab o‘quvchilari «ijtimoiy foydali mehnat»ga jalb qilinadi

Davlat dumasi deputatlari maktab o‘quvchilarini «ijtimoiy foydali mehnatga» majburiy jalb etish va hayot faoliyati xavfsizligi asoslari fanini «Vatan xavfsizligi va himoyasi asoslari» deb nomlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Foto: Kommersant’

Rossiya Davlat dumasi 20 iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda maktab o‘quvchilarini «ijtimoiy foydali mehnat»ga majburiy jalb etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga yangilik kiritilmoqda, undan maktab o‘quvchilarini ota-onalarning roziligisiz mehnatga jalb qilishni taqiqlovchi norma chiqarib tashlandi. «Taklif etilayotgan yangiliklar o‘quvchilar ta’lim dasturida ko‘zda tutilgan, yoshi va psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular maktab ichida tozalik va tartibni saqlash, ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish majburiyatiga ega bo‘ladi», — deyiladi qonun loyihasi tushuntirish xatida. 

Hujjat mualliflari fikricha, «ijtimoiy foydali mehnat»ni daraxt va gul ekish, maktab tadbirlarida qatnashish, kutubxona yoki muzeyda yordam berish deb hisoblash mumkin. 

Bundan tashqari, deputatlar maktabdagi «Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari» («OBJ») fanini «Vatan xavfsizligi va himoyasi asoslari» deb qayta nomlash uchun ovoz berdi. O‘zgartirishlar fanda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik hamda «ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish asoslari» modulining paydo bo‘lishini nazarda tutadi. 

Mavzu, shuningdek, Rossiya qurolli kuchlarining tuzilishini va boshlang‘ich mashqlar va jismoniy tayyorgarlikni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar majburiy bo‘ladi, ulardan qatnashishdan bosh tortib bo‘lmaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid