O‘zbekiston | 10:29 / 23.07.2023
7792
3 daqiqa o‘qiladi

24 iyul kuni O‘zbekiston janubida havo harorati 44 darajaga chiqadi

O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 24 iyul, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, 20–22 metr/sekundgacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid