Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
U bunga qadar ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bir qator tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqdi.
Jumladan, Ikramov Azizbek Isroilovich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Aziz Ikromov 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi oliy texnika bilim yurtida ta’lim olgan. 2000-2017 yillarda Ichki ishlar vazirligining yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasida turli lavozimlarda – bosh mutaxassisdan bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarigacha ishlagan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar, 2019 yilning noyabr oyidan buyon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U bir muddat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari (2020-2021), shuningdek, ichki ishlar vazirining jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari (2019-2021), Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan (2017-2019).
Avvalroq, Mirziyoyev Farg‘onada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalasiga alohida to‘xtalib, bu boradagi ishlar ahvoli qoniqarsizligini tanqid qilib, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayevni lavozimidan ozod etgan edi.
Mavzuga oid
15:50 / 21.04.2026
“Uyimiz mehmonlarga to‘lib ketdi” – Kun.uz qahramoni uyiga viloyat hokimi keldi
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
15:23 / 13.04.2026