Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi
Toshkent toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi.
"Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini o‘zgartirish, yashil hududlarni keskin ko‘paytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, Toshkent shahrida qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi.
Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta nomlandi.
Farmon bilan davlat va tadbirkorlar o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026