Iqtisodiyot | 09:55 / 28.07.2023
19544
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan chetga sotilgan meva-sabzavotlar statistikasi ochiqlandi

Meva-sabzavotlar eksporti statistikasiga ko‘ra, o‘rik eksporti 6,4 martaga oshgan.

Foto: Shutterstock

2023 yilning yanvar-iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti holati to‘g‘risida ma’lumot berildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, olxo‘ri – 20,3 ming tonna, uzum (quritilgan) – 32,9 ming tonna va shaftoli – 25,6 ming tonna hajmi eksport qilingan.

Bundan tashqari, qovun va tarvuz – 90,6 ming tonna, gilos – 45 ming tonna, o‘rik – 57,4 ming tonna, karam – 75,2 ming tonna ko‘rsatkichda chetga sotilgan.

Shuningdek, 40,8 ming tonna pomidor, 57,9 ming tonna mosh hamda 237,7 ming tonna piyozning xorijiy davlatlarga eksporti amalga oshirilgan.

Avvalroq 2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 1,3 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1 mlrd hamda 699,3 dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.

Mavzuga oid