Jahon | 21:59 / 28.07.2023
19160
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Afrika davlatlarining 23 milliard dollarlik qarzidan kechdi 

Shuningdek, Afrika mamlakatlariga rivojlanish uchun yana 90 million dollar ajratiladi. 

Foto: Reuters

Rossiya Afrika davlatlarining 23 milliard dollarlik qarzidan kechdi, shuningdek, rivojlanish uchun qariyb 90 million dollar ajratadi. Bu haqda Rossiya prezidenti gapirdi. 

«Rossiya ham Afrika davlatlarining qarz yukini yengillashtirish harakatlarida ishtirok etmoqda. Bugungi kunga qadar biz hisobdan chiqargan umumiy qarz 23 milliard dollarni tashkil etadi. Afrika davlatlarining so‘nggi so‘rovlariga ko‘ra, biz ularni rivojlantirish uchun 90 milliondan ortiq mablag‘ ajratamiz», dedi Vladimir Putin «Rossiya-Afrika» sammitida. 

Forum arafasida Rossiya Somalining 7,5 mln dollarlik davlat qarzidan kechgani va 684 million dollardan ortiq ikkita qarzni bekor qilgani aytilgan edi. 

Biroq, Somali bosh vaziri o‘rinbosari Saloh Ahmad Juma so‘zlariga ko‘ra, bu butun qarz emas va Somali qarzi to‘lovlarni kechiktirish imkoniyatini beradigan yangi jadvalga muvofiq qaytariladi. 

Mavzuga oid