O‘zbekiston | 10:31 / 28.07.2023
11254
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi 

Zangiota tumanida poyezd va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIBB YHXB

Viloyat IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 27 iyul kuni soat taxminan 14:00 da Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K-713 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida YTH yuz bergan.

Qayd etilishicha, yo‘lni kesib o‘tgan temiryo‘l kesishmasida (shlagbaum bilan jihozlanmagan, temiryo‘l svetofori va yo‘l belgilari mavjud) haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A.A boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobilida temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida temiryo‘lda harakatlanib kelayotgan, O‘zbekiston Lokomotiv deposiga qarashli bo‘lgan "VL60k" rusumli elektrovoz (vagonlar ulanmagan) bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
  
Ushbu to‘qnashuv natijasida transport vositalari texnik shikastlangan. Fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. 

Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid