O‘zbekiston | 21:22 / 29.07.2023
21588
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi yong‘inda halok bo‘lganlar tutundan zaharlangani aytildi

Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasi shunday.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi Farg‘ona shahriga yetib borib, halokatli yong‘in bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.

Qayd qilinishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro yong‘indan chiqqan tutundan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan. Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasi ham shundayligi aytilmoqda.

29 iyul kuni Farg‘ona shahridagi 4 qavatli bino yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 7 nafari turli darajadagi tan jarohati bilan shifoxonaga yuborildi.

Yong‘in sabablarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasining ishi davom etmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid