Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha o‘z armiyasini deyarli ikki baravar oshiradi
Polsha o‘z qurolli kuchlari sonini deyarli ikki baravar oshirib, 172 mingdan qariyb 300 mingga ko‘paytiradi. Mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashchak tegishli hujjat allaqachon imzolanganini aytdi, deb xabar beradi BBC.
Polsha armiyasida ikkita yangi diviziya tashkil etish va shu bilan ularning umumiy sonini oltitaga yetkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mudofaa xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 4 foizigacha oshadi.
Varshava «Vagner» XHK yollanma askarlari qo‘shni Belarusga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, o‘z qo‘shinlarining bir qismini mamlakatning sharqiy chegarasiga qayta joylashtirish qarorini e’lon qildi.
Avvalroq Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Polshani Germaniya va NATO zarurat tug‘ilganda uning sharqiy chegarasini himoya qilishga tayyorligiga ishontirgandi.
«Polshalik hamkorlar qayerda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lsa, ular yordam oladi. Ular NATO bo‘yicha hamkorlar va ishonchli NATO ittifoqchilari, shuning uchun biz tayyormiz, desak xato bo‘lmaydi», dedi Pistorius Pragaga tashrifi chog‘ida chexiyalik hamkasbi Yana Chernoxova bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
10:02 / 13.06.2026