Qutqaruvchilar Niderlandiya yaqinida yonayotgan kema bortiga chiqdi
3700 dan ortiq transport vositasini olib ketayotgan kemadagi yong‘in uch kundan beri davom etmoqda. Qutqaruvchilar qanday qilib u cho‘kib ketishining oldini olishni bilmayapti.
Niderlandiya qutqaruvchilari uch kundan beri kuchli yong‘in davom etayotgan Fremantle Highway yirik yuk kemasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi AFP axborot agentligi 28 iyul, juma kuni.
«Yong‘in hali ham davom etmoqda, lekin kamayyapti. Hali ham tutun bor», dedi Niderlandiya qirg‘oqni qo‘riqlash xizmati vakili va yong‘inning kamayishi qutqaruv guruhiga birinchi marta kemaga chiqish imkonini berganini qo‘shimcha qildi. «Qutqaruvchilar kema tomi orqali shatakchi kema bilan yangi, mustahkamroq aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kema harakatini osonlashtirishi va uni nazorat ostida ushlab turishi kerak», - dedi qutqaruvchilar.
Niderlandiya hukumati kema cho‘kib ketishining oldini olish rejasi bo‘yicha hali bir qarorga kelmaganini aytdi, deb xabar beradi AFP. «Biz barcha ssenariylarga tayyormiz. Biroz ko‘proq nazoratni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik, ammo tutun hali ham ko‘tarilayotganini yodda tutishimiz kerak», dedi AFP’ga sohil xavfsizlik xizmati vakili.
Kemadagi yong‘in 26 iyul kuni ertalab Vadden dengizidagi Ameland oroli yaqinida boshlangan. Panamada ro‘yxatdan o‘tgan Fremantle Highway Germaniyadan Misrdagi Port-Saidga ketayotgan edi. Bortda 3700 dan ortiq transport vositalari, shu jumladan 500 ga yaqin elektromobil bo‘lgan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, yong‘in elektromobillardan birining yonishi tufayli kelib chiqqan. Natijada bir kishi halok bo‘ldi, ekipajning qolgan a’zolari evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid
20:00 / 27.12.2024
Xitoy dunyodagi eng katta desant kemasini suvga tushirdi
10:30 / 26.12.2024
Rossiya yuk kemasining O‘rta Yer dengizidagi halokati. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
00:20 / 10.12.2024