08:08 / 30.07.2023
7672

O‘rtoqlik o‘yini. «Barselona» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Mavsum oldi tayyorgarlik doirasida AQShda o‘tkazilgan «El-Klasiko»da «Barselona» yirik hisobda zafar quchdi.

Foto: Getty Images

Dembele, Lopes va Ferran Torresning goli Kataloniya klubiga «Real» ustidan yirik g‘alabani keltirdi – 3:0.

Qayd etish joiz, shu kuni madridliklar safida Vinisius 20-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Uning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

O‘rtoqlik o‘yini. 30 iyul
Barselona Ispaniya – Real Madrid Ispaniya 3:0

Gollar: 1:0 – 15 Dembele, 2:0 – 85 Lopes, 3:0 – 90 Ferran Torres.
Noaniq penalti: Vinisius, 20.
Barselona – ter Stegen, Arauxo (Ezzalzuli, 76), Kristensen (Erik Garsiya, 29), Kunde, Balde (Dest, 76), Gundo‘g‘an (Serdji Roberto, 42), Romeu (Ferran Torres, 76), de Yong (Alonso, 76), Pedri (Lopes, 66), Dembele (Rafinya, 66), Levandovski (Fati, 76).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi (Fran Garsiya, 45), Valverde (Kroos, 58), Kamavinga (Modrich, 58), Tchuameni, Bellingem (Xoselu, 73), Vinisius Junior, Rodrigo (Braim Dias, 83).
Ogohlantirishlar: Tchuameni (25), Kamavinga (34), de Yong (41), Karvaxal (45), Kunde (62), Romeu (71), Alaba (81).

Mavzuga oid
Top