Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar WBA reytingida peshqadamlik qilmoqda
Isroil Madrimov birinchi o‘rta vaznda, Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyul oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytinglarni (.pdf) e’lon qildi.
Unda o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi peshqadamlik qilmoqda. Jumladan, Isroil Madrimov birinchi o‘rta vaznda (69,8 kg), Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda (57,1 kg) birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Shu bilan birga, ikkinchi o‘ta yengil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev, eng yengil vaznda (47,6 kg) Hasanboy Do‘smatov, yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 2-o‘rinda bormoqda.
Yuqori ko‘rsatkichlarga ega o‘zbekistonlik bokschilardan birinchi yarim o‘rta vaznda (63,5 kg) Botir Ahmedov 4-o‘rinni, ikkinchi o‘rta vaznda (76,2 kg) Bektemir Meliqo‘ziyev 6-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
18:23 / 27.04.2026
O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogi ilk bosqichida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:19 / 28.10.2025