Jahon | 14:02 / 01.08.2023
7220
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada raqamli rubl to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi

Raqamli rubl Rossiyada naqd va naqdsiz pul bilan bir qatorda uchinchi pul shakliga aylanmoqda. Birinchi bosqichda Markaziy bank faqat real bank mijozlarida rublni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi.

Foto: Sputnik

Rossiyada 1 avgust kuni raqamli rublni joriy etish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi - u elektron hamyonda saqlanadigan raqamli kod hisoblanadi. Raqamli rubl naqd va naqdsiz pullar bilan bir qatorda milliy valutaning uchinchi shakliga aylanadi.

Rossiya banki 13 ta bank ishtirok etadigan raqamli rublni sinovdan o‘tkazishini e’lon qildi. Regulyator qaysi kredit tashkilotlari haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Sinovlar cheklangan doiradagi mijozlar va yirik kredit tashkilotlari xodimlarida o‘tkaziladi.

«Sberbank», «VTB», «Alfa-bank», «Tinkoff Bank», «Gazprombank», «Rosbank», «Promsvyazbank», «Sovkombank», «Ak Bars Bank», «Dom.RF», «Sinara», «TKB», «Ms-bank» va «KIVI Bank» raqamli rubl platformasi prototipini sinovdan o‘tkazishning birinchi bosqichida ishtirok etdi, u fevral oyida yakunlandi.

Markaziy bank raqamli rubl keng muomalaga kirishining aniq sanalarini e’lon qilmadi, biroq barcha fuqarolar 2025-2027 yillarda yangi pul shakli uchun raqamli hamyon ochishi mumkinligini istisno etmadi. Taxminlarga ko‘ra, raqamli hamyon mijozning hisobraqamiga ega bo‘lgan bankning istalgan mobil ilovasi orqali ochilishi mumkin. Bunday holda, kriptorubl platformasi operatori (Markaziy bank) bilan shartnoma tuzish kerak bo‘ladi. 

Shuningdek, raqamli hamyonni bankning mobil ilovasi orqali to‘ldirish mumkin bo‘ladi, bu yerda uchinchi shaxslarga pul o‘tkazish ham mumkin. Raqamli rubldan foydalanganda balans va naqd pul uchun foiz olinmaydi. Raqamli rublda kredit olish yoki depozitlarni ochib bo‘lmaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid