Jismoniy şaxslarga Rossiyadan YeOII davlatlariga naqd rublni 10 ming dollarga teng yoki undan ortiq ekvivalentda olib çiqiş taqiqlanadi. Bu haqda duşanba, 2 fevral kuni “Interfaks” agentligi hujjat loyihasiga tayanib xabar qildi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, istisnolar RF xalqaro aeroportlari orqali mablağ olib çiqilganda qöllanadi. Bunda bojxona organlarini majburiy xabardor qiliş, şuningdek pulning kelib çiqiş manbai va u nima maqsadda işlatilişi haqida ma’lumot taqdim etiş şart böladi. Agar 100 ming dollar (84 600 yevro) çegarasidan ham oşsa, pul kelib çiqişini tasdiqlovçi hujjatlar ham talab qilinadi.

Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun deklaratsiyasiz (e’lon qilmasdan) olib çiqiş böyiça “minimum” bölmaydi: ular istalgan summa olib çiqişi mumkin, ammo faqat xalqaro aeroportlar orqali va bojxonaga xabar bergan holda.

Kredit taşkilotlariga mazkur çeklovlar qöllanmaydi.

Bundan taşqari, jismoniy şaxslarga Rossiyadan umumiy oğirligi 100 grammdan ortiq bölgan oltin quymalarni olib çiqiş ham taqiqlanadi. Istisnolar faqat Şeremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Vladivostokdagi Kneviçi aeroporti orqali uçib ketuvçilar uçun qöllanadi, bunda RF Federal proba palatasi ruxsati bölgan taqdirda.

Çeklovlarni 1 sentabrdan RF prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan joriy etiş rejalaştirilgan. RF Moliya vazirligi loyihani izohlamagan.

2022 yil mart oyidan beri Rossiyada naqd xorijiy valuta va xorijiy valutadagi pul instrumentlarini 10 ming dollardan (8460 yevro) ortiq summada olib çiqiş taqiqlangan.

YeOII tarkibiga Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğiziston kiradi.