2026 yil 1 apreldan boşlab jismoniy şaxslar Rossiyadan YeOII Bojxona ittifoqiga a’zo davlatlar — Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğizistonga 100 ming dollardan ortiq summaga teng naqd rublni olib çiqişi mumkin bölmaydi. Tegişli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 mart, çorşanba kuni imzoladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik şaxslar uçun esa naqd pulni poyezd yoki avtomobil orqali olib çiqiş taqiqi summa miqdoridan qat’i nazar amal qiladi. Ular naqd rublni faqat Rossiyaning xalqaro aeroportlari orqali olib çiqişi mumkin böladi.

1 apreldan jismoniy va yuridik şaxslar, şuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar mablağlarning kelib çiqişini bank hisobvaraqlari böyiça köçirmalar bilan tasdiqlaşi va ularning xorijda qanday maqsadlarda işlatilişini körsatgan holda deklaratsiya töldirişi şart böladi.

Prezident farmoni, şuningdek, Rossiyadan 100 grammdan oğir oltin quymalarini olib çiqişga nisbatan ham çeklovlar joriy qiladi.

2026 yil 1 maydan boşlab YeOII davlatlariga bunday quymalarni yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faqat Şeremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Kneviçi aeroportlari orqali, Rossiya Asilmetall va qimmatbaho toşlar nazorati palatasining maxsus ruxsati bilan olib çiqişi mumkin böladi.

Jismoniy şaxslar uçun esa yangi çeklovlar nafaqat YeOII davlatlariga, balki boşqa mamlakatlarga nisbatan ham qöllanadi.