Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haaga XJS sudyalarining Rossiyada qidiruvga berilganini qoraladi
Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan sudyaga Rossiyada qidiruv e’lon qilinganini qoraladi.
Rim statutiga a’zo davlatlar assambleyasi prezidiumi Moskvaning qaroridan chuqur xavotir bildirdi va buni sudning «xalqaro mandatiga putur yetkazish bo‘yicha yangi urinish» deb atadi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi XJS sudyasi Tomoko Akane qidiruvda ekanligini ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligi qidiruv bazasida 1956 yilda tug‘ilgan yaponiyalik ayol Tomoko Akane «Rossiya Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidirilayotgani» aytilgan, biroq aniq modda nomi keltirilmagan.
Tomoko Akane 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan Rosario Salvatore Aytala va Serxio Xerardo Ugalde Godines bilan birga XJSning uch a’zosidan biri edi.
Sudga ko‘ra, Putin va Lvova-Belova «aholi (bolalar)ni Ukraina hududidan Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilish bilan bog‘liq harakatlar uchun javobgardir».
20 mart kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi ushbu sudyalarga, shuningdek, Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xonga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 22 iyun kuni XJS sudyasi Rosario Aytalaning kartochkasi Ichki ishlar vazirligining qidiruv bazasida paydo bo‘ldi, Karim Xon 19 may kuni qidiruvga berilgan edi. Ularga sirtdan ayblov qo‘yilgan.
Mavzuga oid
14:01 / 17.12.2025
Haagada Ukrainaga reparatsiyalar bo‘yicha xalqaro organ tashkil etildi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025