Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan yugurish musobaqalari o‘tkaziladi
O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish hamda ushbu sanani jismoniy tarbiya va sport orqali keng nishonlash maqsadida yugurish musobaqalari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Xususan, joriy yil 3 sentabr kuni «Mustaqillik kuni»ga bag‘ishlab «Yangi nafas» xalqaro ommaviy yugyrish musobaqalari respublikaning 16 shahrida tashkil etiladi.
Joriy yil 6 sentabr - 29 oktabr kunlari esa Save Aral, GTL Night Run, «EkoZaBeg» ommaviy yugyrish musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ushbu marafonlarga Chust shahri, Andijon tumani, Bog‘dod tumani, Olmaliq shahri, Bekobod shahri, Samarqand shahri, G‘uzor shahri (GTL Night Rup), Qorovulbozor tumani («EkoZaBeg») mezbonlik qiladi. Yugurish musobaqalariga 200 mingdan ortiq aholini jalb etish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, mazkur marafonlarda O‘zbekistonning chet ellardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari xodimlari, vatandoshlar ham ishtirok etishi mumkin.
Mavzuga oid
23:54 / 02.09.2025
Millat taqdirlangan kun
17:44 / 28.08.2025
Mustaqillik ruhiyati nima? Istiqlol uchun eng kerakli unsurlar
17:14 / 09.01.2025
“Avgustdan keyin hammasi yaxshi bo‘lib ketadi...” - marhumlikda mashhurlikka erishgan dehqon
16:40 / 25.11.2024