Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada harbiy ro‘yxatdan o‘tmaganlar fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin
Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklarni harbiy ro‘yxatdan o‘tmagani uchun fuqarolikdan mahrum qilish haqidagi qonun loyihasi tayyorlanmoqda.
Rossiya Kommunistik partiyasi fraksiyasi mamlakat fuqaroligini olgan xorijliklarni harbiy ro‘yxatdan o‘tmagani uchun jazolash haqidagi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, qonunbuzarlar Rossiya fuqaroligidan mahrum etilishi va deportatsiya qilinishi mumkin.
Bu haqda Kommunistik partiyadan Davlat Dumasi mintaqaviy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mixail Matveyev ma’lum qildi.
«Men qonun loyihasini tayyorlayapman, unga ko‘ra Rossiya fuqaroligini olgandan keyin qonunda belgilangan muddatda harbiy ro‘yxatdan o‘tmaslik (shuningdek, harbiy xizmatni bajarishdan bo‘yin tovlash) Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish va mamlakatdan chiqarib yuborish uchun asos bo‘ladi», dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, harbiy xizmat uchun ro‘yxatdan o‘tmaslik fuqarolarning oila a’zolarini ham fuqarolikdan mahrum qilish uchun asos bo‘lishi kerak.
Avvalroq, Rossiyada tug‘ilgan fuqarolarni ham Qurolli Kuchlarni obro‘sizlantirganlik uchun fuqarolikdan mahrum qilish taklif etilgan edi. Biroq, bu taklif ba’zi deputatlarning qarshiligiga uchradi. Ular bunday qonunning Konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026