Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqchilar tadbirkorlarga biriktiriladi
1 sentabrdan boshlab tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi. 1 yanvardan boshlab kichik biznes va fermerlarning sobiq hisobotlari elektron shaklda yuritiladi.
Prezident videoselektorida har bir tadbirkorning muammosini hal qilishga alohida soliqchi mas’ul bo‘lishi belgilandi.
Bunda, yillik aylanmasi:
- 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikro biznes vakillari bilan mahalladagi soliq xodimlari;
- 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kichik tadbirkorlar bilan tuman soliq rahbari va uning o‘rinbosarlari;
- 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘rta biznes korxonalari bilan viloyat soliq rahbari va uning o‘rinbosarlari;
- 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yirik korxonalar bilan esa Soliq qo‘mitasi o‘rinbosarlari shaxsan ishlab, ularning muammolarini hal qilib boradi.
1 sentabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmaydi. Bu ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliqchilar shug‘ullanadi.
Kelgusi yil 1 yanvardan esa kichik biznes sub’yektlari va fermerlarning hisobotini soliq idoralari elektron shaklda yuritadigan tizim bo‘ladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasiga soliq idoralarini korrupsiyadan xoli tuzilmaga aylantirish, xodimlarining ma’naviy-axloqiy qiyofasini yaxshilash bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026