Jahon | 13:19 / 03.08.2023
7623
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya Ukraina bo‘yicha Jiddadagi muzokaralarda ishtirok etishi mumkin

Janubiy Koreya Saudiya Arabistonida kelasi dam olish kunlari, 5 va 6 avgust kunlariga mo‘ljallangan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi mumkin. 

Foto: apln

Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 3 avgust kuni diplomatik manbaga tayanib xabar berishicha, Seul hukumati Jiddadagi yig‘ilishda prezident ma’muriyati milliy xavfsizlik bo‘limi vakilining ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqda

Ma’lum qilinishicha, birinchi shunday anjuman 26 iyun kuni Kopenhagenda bo‘lib o‘tdi. 

Bir kun avval, 2 avgust kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina bo‘yicha kuzda tinchlik sammiti o‘tkazilishiga umid bildirdi. 

Saudiya Arabistonidagi muzokaralar bu maqsad sari bir qadam, xolos, dedi Zelenskiy. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid