Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiylari qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida «Noqonuniy qurolli tuzilmalarni cheklash, kuchsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shinlar maxsus harakatini tashkillashtirish va olib borish» mavzusida ikki davlat harbiy bo‘linmalarining birgalikdagi UZAZ-2023 kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Foto: mudofaa.uz
Toshkent harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni rahbarligida 27 iyuldan 1 avgustga qadar tashkil etilgan mashg‘ulot avvalida Ozarboyjon harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Modellashtirish va simulyatsiya bo‘yicha tadqiqotlar dala-o‘quv markazi bilan yaqindan tanishtirildi.
Shundan so‘ng guruhlarning taktik vazifasi taqsimoti, dastlabki holat xaritasi va jang olib borishga oid boshqa ma’lumotlar yetkazildi hamda mashqning faol bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi.

O‘quv davomida chegarani buzib o‘tishga urinish va noqonuniy qurolli tuzilmalarga qarshi jang olib borish bo‘yicha ikki davlat harbiylari o‘zaro fikr va malaka almashdi.
Qurolli to‘qnashuvlarda harbiy harakatlar, maxsus guruh va batalonning jangovar harakatlari nazariy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
09:01 / 30.12.2025