Qo‘chqorov – vazir, Qudbiyev soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytdi
Bu borada prezident farmoni va qarori qabul qilindi. Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridan chiqarildi. Qo‘chqorov avvalgidek bir vaqtning o‘zida bosh vazir o‘rinbosari ham hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan, Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Qo‘chqorovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan. Palataning 3 avgust kungi majlisida Qo‘chqorov o‘z harakatlar dasturini taqdim etgan.
Shuningdek, prezident qarori bilan, Sherzod Davlatovich Qudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Tayinlov haqidagi qarordan ma’lum bo‘ladiki, Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi huzuriga qaytarilgan. Biroq farqi, avval qo‘mita rasman O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi deb atalgan bo‘lsa, endi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi deb ataladi.
Bu o‘zgarishlar prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 2 avgust kungi selektorda soliq tushumlari yetarlicha o‘smayotganini tanqid qilishi ortidan ma’lum bo‘lmoqda. “Kundan kunga o‘sayotgan iqtisodiyotimizning samarasi budjet daromadlarida to‘liq ko‘rinmayapti”, – degan davlat rahbari qator soliq mansabdorlarini ishdan oldi.
- Jamshid Qo‘chqorov 2022 yil oxiridagi ma’muriy o‘zgarishlardan oldin bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot vaziri lavozimida edi. “Adminreforma” vaqtida u bosh vazirning iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanib, bundan buyon bosh vazir o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida boshqa bir lavozimni egallamasligi aytilgan edi.
- Ma’muriy o‘zgarishlar vaqtida Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari birlashtirilib, unga sobiq DSQ raisi Qudbiyev rahbar etib tayinlangan, birlashgan vazirlik tarkibidagi Soliq qo‘mitasi esa 7 oydan buyon birinchi rahbarsiz qolayotgandi.
Mavzuga oid
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
22:19 / 11.10.2024