Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.
Habib Sirojiddinov
Ma’lum qilinishicha, Habib Sirojiddinov Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Tayinlovga qadar H.Sirojiddinov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar Avaz O‘rinboyev Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgandi.
U iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida ishdan olindi.
Bundan tashqari, viloyat soliq boshqarmasi rahbari hamda bir shahar va bir tuman hokimi, bir tuman soliqchisi ishdan ketdi, shuningdek, bir qancha mahalliy mansabdorlarga hayfsan berildi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026
Farg‘onada o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majburlagan topshiriq vazirlikdan tushgani ma’lum bo‘ldi
20:40 / 06.01.2026
Farg‘onada tadbirkorlarga nisbatan chiqarilgan noqonuniy ma’muriy qarorlar bekor qilindi
22:32 / 23.12.2025