Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Falastin IHT doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari Falastin elchisini qabul qildi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev kecha Falastin elchisi Javad Muhammad Avad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, elchi Javad Muhammad Avad 2023 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston prezidentiga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Mavzuga oid
22:54 / 01.01.2026
Isroil o‘nlab notijorat nodavlat tashkilotlariga G‘azoda ishlashni taqiqladi
11:44 / 30.12.2025
HAMAS G‘azo sektoridagi bo‘limi rahbari halok bo‘lganini tasdiqladi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
10:53 / 24.12.2025