Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Belarus bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini yopadi
Litva qo‘shni davlatda «Vagner» XHK yollanma askarlari borligi sababli Belarus bilan chegaradagi oltita o‘tkazish punktidan ikkitasini yopish niyatida.
«Biz tegishli qaror tayyorlayapmiz», dedi Litva ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Arnoldas Abramavichus.
Litva va Polsha NATO ittifoqchilarini «Vagner guruhi» jangchilari Yevropa Ittifoqiga kirish uchun boshpana izlovchi maqomidan foydalanishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan.
«Belaruski Gayun» monitoring loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning «Vagner» XHK jangchilarining 80 dan ortiq avtomashinadan iborat 13-karvoni Belarusga kirib kelgan.
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarusda joylashgan «Vagner» XHK «yollanma askarlari», uning so‘zlariga ko‘ra, «Varshavaga ekskursiyaga borishni» xohlayotgani sababli vaziyatni «qiyinlashtirishni boshladi». Lukashenko bu haqda 23 iyul kuni Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda gapirdi.