Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Ukrainada urush boshlanganidan beri rossiyaliklar soni ortdi
Iyun oyida Germaniyada urushdan oldingi vaqtga qaraganda 30 ming ko‘proq rossiyalik yashagan. Xuddi shu davrda Germaniya hukumati rossiyaliklarga 50 mingdan ortiq Shengen vizasi bergan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri bir necha o‘n minglab ruslar Germaniyaga ko‘chib o‘tdi. Iyun oyi oxirida Germaniyada 301 511 nafar Rossiya fuqarosi istiqomat qilgan, bu Rossiya Ukrainaga hujum qilgan o‘tgan yilning fevral oyining oxiriga nisbatan 32 183 nafarga ko‘p, deb yozadi Welt am Sonntag haftalik nashri 6 avgust, yakshanba kuni Germaniya Ichki vazirligiga tayanib.
Nashr uzoq vaqt davomida Germaniyaga kelgan xorijlik fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydigan xorijliklar ma’lumotlar bazasiga tayangan. Germaniya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Germaniya konsulliklari Rossiya fuqarolariga 32 mingga yaqin milliy vizalar bergan. Ular Germaniyada uzoq muddatli yashash, migratsiya va malakali xodimlar, talabalar yoki oila a’zolari birlashishi uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, Germaniya Rossiya fuqarolariga 51 mingdan ortiq Shengen vizasi berdi, bu ularga Yevropa Ittifoqida uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qolish imkonini yaratadi. Germaniya Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, xavf ostida bo‘lgan yana 1665 kishi, jumladan muxolifatchilar va jurnalistlar ham humanitar vizalar oldi.
Ekspertlar Germaniyaning Rossiya fuqarolariga vizalar berishda davom etishini o‘rinli deb hisoblayapti. Berlindagi Sharqiy Yevropa markazi siyosatshunosi Dmitriy Stratiyevskiy Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida Rossiyada tuzumni tanqid qiluvchilar hamon tahdid ostida ekani va Germaniyaga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligini bildirdi.
Mavzuga oid
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026