O‘zbekiston | 12:55 / 08.08.2023
14783
5 daqiqa o‘qiladi

“Kombayn haydab dasturchi bo‘lganim haqida” – talaba hikoyasi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Axborot tizimlari muhandisligi” yo‘nalishining 3-kurs talabasi Inoyat Rajabboyev respublikada qishloq xo‘jaligining asosi bo‘lgan kombaynlar uchun yangi dastur yaratdi. Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida kombaynchi oilasida ulg‘aygan Inoyat bu loyihaning yaralishi haqida o‘z hikoyasi bilan bo‘lishdi:

“Yoshligimdan dasturchi bo‘lishni orzu qilardim. Lekin maktabni tugatgan yilim o‘qishga kirish nasib qilmadi. Noiloj ota kasb – kombaynchilikda ishlay boshladim. Bu men o‘ylaganimdan ancha qiyin ekanligini o‘shanda sezdim. Kechalari kombaynim buzilib, to‘xtab qolardi. Ayniqsa sholi o‘rimida ko‘p bo‘lardi bu holat, tuzatguncha 2-3 soatlab vaqtim ketardi. Shunaqa paytda buni qulayroq, osonroq yo‘lini topish kerakligi xayolimga kelardi. Lekin bunga yarasha bilimim yo‘q edi. Otamning qo‘llab-quvvatlashi bilan yana tayyorlanib keyingi yil bir nechta oliygohlarga hujjat topshirdim va Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga qabul qilindim.

Universitetda 2 yil davomida olgan bilimlarim meni ancha avval o‘ylantirgan masala ustida bosh qotirishga undadi va kombaynlarni boshqarishda foydalanish uchun yangi dastur yaratdim. Bu dasturda kombayn boshqaruvi osonlashadi, qaysi qismida nosozlik bo‘lsa signal beriladi. Dastur kombaynga o‘rnatiladi va ovozli tarzda kombaynchiga ma’lumot yetkazadi. Bu qishloq xo‘jaligida kombaynchilarning ishini ancha yengillashtiradi”.

Qishloq xo‘jaligi uchun mukammal dasturlar kerak

Talaba bu bilan to‘xtab qolmasligini aytadi, u yangi dasturni takomillashtirish va funksiyalarni ko‘paytirish ustida ish olib boryapti. Shu bilan birga universtitetda o‘z bilimlarini mustahkamlamoqda. Endilikda kombayndagi dastur orqali haydaladigan yer maydonini o‘lchash, statistika to‘plash mumkin bo‘ladi.

“Bu dasturdan foydalanishga buyurtmalar berishyapti. Hozirda yana ikkita dastur ustida ishlayapman. Birgina Amudaryo tumanining o‘zida 100ga yaqin kombaynlar bor. Ular bu dasturdan foydalanish uchun buyurtmalar berishyapti. Taxminan 1500-2000 dollardan sotish mumkin.

Asosiy maqsadim – qishloq xo‘jaligida ishlaydigan odamlarga yengillik yaratish. Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirish maqsadida yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishni xohlayman. Kelgusida suv ta’minoti yo‘nalishida inson omilisiz suvni tejab ishlatishni yo‘lga qo‘ymoqchiman”.

Qahramonimizning hikoyasidan bilim bilan yuksalishning isbotini ko‘rish mumkin. Bu bilimni esa Toshkent Kimyo xalqaro universitetida olish mumkin.

Yaxshi universitetda o‘qish – yaxshi kelajak uchun muhim qadam

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va uning Samarqand, Namangan shaharlaridagi filiallariga hujjatlar qabuli uzaytirildi. Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish, Mavjud yo‘nalishlar, imtihon fanlari va shartnoma narxlari bilan tanishish mumkin.

Shuningdek, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va K.I.Satbayev nomidagi Qozog‘iston milliy tadqiqot texnika universiteti bilan hamkorlikda “Kosmik texnologiyalar” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat dasturini yo‘lga qo‘ydi.

“Kosmik texnologiyalar” bakalavriat bitiruvchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lishadi:

1. Raketa-kosmik komplekslarning ekspluatatsiyasi;

2. Sun’iy yo‘ldosh aloqasi va radioeshittirish uchun yerusti majmualarini ekspluatatsiya qilish;

3. Kosmik kemalarni sinovdan o‘tkazish va ballistik ta’minlash texnologiyalari;

4. Raketa-kosmik komplekslar ekspluatatsiyasining ekologik xavfsizligi;

O‘qish muddati — 4 yil. 1- va 2-yil — Toshkentda, 3- va 4 — Olmaotada.

Amaliyot Kosmik va aerokosmik sanoatdagi ixtisoslashtirilgan ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinadi.

O‘quv dasturi yakunida bitiruvchilar 2 ta namunadagi:

− Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan diplomi;

− K.I.Satbayev nomidagi Qozog‘iston milliy tadqiqot texnika universitetining diplomiga ega bo‘lishadi.

Web-page: www.kiut.uz

Telegram: t.me/kiut_official

Facebook: facebook.com/kiut.uz

Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid