Toşkent Kimyo xalqaro universiteti 1 ta institutsional akkreditatsiya, 6 ta bakalavriat hamda 14 ta magistratura yönalişi böyiça xalqaro e’tirofga sazovor böldi. Uşbu yönalişlar orasida sun’iy intellekt, mexatronika, lift muhandisligi, mexanik va elektr muhandisligi, axborot tizimlari muhandisligi, arxitektura va binolar qurilişi, biotexnologiya, audit va buxgalteriya hisobi kabi zamonaviy hamda iqtisodiyot uçun muhim sohalar mavjud.

Sertifikatlar Markaziy Osiyo universitetlari ta’limni akkreditatsiya qiliş assotsiatsiyasi (CAAAE) tomonidan taqdim etilib, universitetdagi ta’lim sifati, boşqaruv jarayonlari va sifat nazorati tizimi xalqaro talablar asosida taşkil qilinganini bildiradi.

CAAAE muhandislik va oliy ta’lim yönalişlarini xalqaro mezonlar böyiça baholovçi nufuzli taşkilotdir. Uning standartlari Bolonya jarayoni tamoyillari va xalqaro amaliyotga muvofiq işlab çiqilgan. Ma’lumot örnida, bu Toşkent Kimyo xalqaro universitetining birinçi xalqaro akkreditatsiyasi emas.

Ta’kidlaş joizki, akkreditatsiya bakalavriat va magistratura dasturlari, professor-öqituvçilar salohiyati, öquv-uslubiy ta’minot, moddiy-texnik bazaning xalqaro talablar bilan muvofiqligini tasdiqlaydi.

Şuningdek, mazkur yutuq talabalar uçun işonçli ta’lim muhitini yaratadi hamda xorijiy hamkorlik, qöşma dasturlar va akademik almaşinuvlarni rivojlantirişga yordam beradi.

Sayt kiut.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Telefon: +998 78 129 40 40