Toşkent Kimyo xalqaro universitetida yilning eng muhim va tantanali tadbirlaridan biri — ta’lim grantlari hamda nomdor stipendiyalar sohiblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Joriy yilda universitetning Toşkent, Samarqand va Namangan filiallarida tahsil olayotgan iqtidorli hamda ijtimoiy ehtiyojmand talabalar uçun jami 530 ta ta’lim granti ajratildi. Şuningdek, universitet tarixida va iqtisodiyot fanining rivojida alohida örin tutgan taniqli şaxslar nomi bilan ataluvçi 30 ta 100 foizlik nomdor stipendiya öz egalariga topşirildi.

 Xususan, talabalar quyidagi nomdor stipendiyalar bilan taqdirlandi:

• universitetning birinçi rektori Jonpulat Qudaybergenov nomidagi stipendiya;

• iqtisodçi olim Ahmadjon Ölmasov nomidagi stipendiya;

• taniqli iqtisodçi, iqtisod fanining yetuk vakili Murod Şarifxöjayev nomidagi stipendiya.

Tantanali marosim Toşkent Kimyo xalqaro universiteti rektori, professor Akmal Allakuliyevning tabrik nutqi bilan boşlandi. U öz çiqişida iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş universitet faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini ta’kidlab, grant va stipendiyalar talabalarning professional kelajagiga kiritilgan muhim sarmoya ekanini qayd etdi.

Şundan söng universitetning birinçi rektori marhum Jonpulat Qudaybergenovning turmuş örtoği Dilora Qudaybergenova sözga çiqib, oliy ta’lim muassasasining şakllaniş jarayoni, uning asosiy qadriyatlari va ta’limga bölgan yondaşuvi haqida xotiralari bilan örtoqlaşdi hamda talabalarga samimiy tilaklarini bildirdi.

17 noyabr — Xalqaro talabalar kuni arafasida universitet tomonidan talabalar uçun bayramona tadbir ham taşkil etildi. Dastur doirasida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy va ijodiy çiqişlar namoyiş etildi. Tadbir yakunida maxsus mehmon — DJ Macarella iştirokidagi musiqiy şou bayramona kayfiyatni yanada kötarinkiga çiqardi.

Mazkur tantanali marosim Toşkent Kimyo xalqaro universitetining iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini munosib e’tirof etiş hamda kelajak uçun keng imkoniyatlar yaratişga qaratilgan izçil siyosatining yana bir yorqin ifodasi böldi.

Web-page