Sport | 08:23 / 09.08.2023
2144
1 daqiqa o‘qiladi

«Milan» «Monsa»ni mag‘lub etib, Silvio Berluskoni sovrinini qo‘lga kiritdi

«Milan» va «Monsa» klublari mavsum oldi Silvio Berluskoni xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlangach, milanliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishdi – 6:5.

Silvio Berluskoni sovrini «Milan» va «Monsa» klublari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ikki klubning sobiq xo‘jayini, 2023 yilning 12 iyul kuni 86 yoshida vafot etgan Italiya sobiq bosh vazirining xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladi.

Silvio Berluskoni kubogi.
Monsa, Italiya
«Monsa» – «Milan» – 1:1. Penaltilar seriyasi: 5:6

Gollar: 0:1 – Pulishich (29), 1:1 – Kolpani (32).
«Milan»: Menyan, Teo Ernandes, Tiav, Tomori, Kalulu, Reynders, Krunich, Loftus-Chik, Leau, Pulishich, Jiru.

Mavzuga oid