Rimliklar safida qatorasiga uchinchi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan Eldor Shomurodov 70 daqiqa harakat qilib, gol+assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
O‘zbekistonlik hujumchi Sofa Score portaliga ko‘ra, jamoadoshi Kristante va Souledan so‘ng eng yuqori ball (8,1) olgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.
Rim klubi ochkolarini 40 taga yetkazib, 9-o‘rinni egallab turibdi. «Monsa» 14 ochko bilan 20-pog‘onada qoldi.
A Seriya. 26-tur
Roma — Monsa 4:0
Gollar: Salemakers (10), Shomurodov (32), Anxelino (73), Kristante (88).
Roma — Svilar, Manchini, Hummels, Ndika, Salemakers (Rench, 70), Kristante, Pisilli, Anxelino (Saloh-Eddin, 80), Baldanzi (Dibala, 62), Soule, Shomurodov (Paredes, 70).
Monsa — Turati, Brorsson, Lekovich, Karboni (Palasios, 76), Pereyra, Byanko, Urbanski (Martins, 56), Kiriopulos, Churria (Zeroli, 56), Mota (Keyta, 56), Ganvoula (Petanya, 46).
Ogohlantirish: Byanko (58).









