Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari reytingida 8 pog‘ona ko‘tarildi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023 yilda e’lon qilingan BRM (SDG index) reytingida O‘zbekiston 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 o‘rinni egalladi.
Bu natija 2022 yilga nisbatan 8 pog‘onaga oshgan. 2022 yilda O‘zbekiston 69,9 indeks bilan 77 o‘rinda qayd etilgan edi.
2023 yilgi SDG index hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning quyidagi 10 ta maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘sish qayd etilgan:
— mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish;
— sog‘liq saqlash va farovonlikni ta’minlash;
— sifatli ta’lim bilan ta’minlash;
— gender tengligiga erishish;
— toza suv va sanitariya;
— sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma;
— shahar va aholi punktlarini barqaror rivojlantirish;
— iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish;
— tinchlik, adolat va samarali boshqaruv;
— barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
08:38 / 22.04.2026