Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda prezidentlikka nomzod o‘ldirildi
Ekvador prezidentligiga nomzod Vilyavisensio Kitodagi saylovoldi uchrashuvidan so‘ng otib o‘ldirilgan, davlat rahbari sodir bo‘lgan voqeadan «g‘azabda va hayratda qolganini» aytdi.
Ekvador prezidentligiga nomzod Fernando Vilyavisensio saylovoldi mitingidan so‘ng o‘ldirildi. Uning o‘limini 10 avgust, payshanba kuni Ekvador rahbari Gilermo Lasso tasdiqladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u «qotillikdan g‘azabda va hayratda». Lasso siyosatchining rafiqasi va qizlariga hamdardlik bildirdi hamda jinoyat jazosiz qolmasligiga ishontirdi. Uyushgan jinoyatchilik haddan oshib ketdi, qotillar qonunning to‘liq yukiga duchor bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
El Universo: uchta o‘q bilan o‘ldirilgan
El Universo gazetasiga ko‘ra, Vilyavisensio Kitodagi saylovoldi uchrashuvidan keyin uchta o‘q bilan o‘ldirilgan. Nashr manbalarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz kishi jarohatlangan, ulardan yetti nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Milliy politsiya jinoyatchilarni topish uchun operatsiya boshladi, voqea joyidagi ko‘chalar to‘sib qo‘yilgan.
Gilermo Lasso xavfsizlik kabinetining yig‘ilishi haqida e’lon qildi. Uning aytishicha, butun mamlakatni larzaga solgan voqeaga munosabat bildirish maqsadida Milliy saylov kengashi rahbari, bosh prokuror, Milliy sud raisi va boshqa davlat idoralari vakillaridan yig‘ilishda ishtirok etishni so‘ragan.
20 avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, o‘ng markazchi Vilyavisensio g‘alaba uchun yetarlicha ovoz to‘play olmas edi.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025